Sirdaryoda yuqori hosildorlikka erishgan fermerga “Lasetti” avtomobili topshirildi

19:18 04 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
3399 0
Fotokollej: “XALQ SOʻZI ONLINE”

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Boyovut tumanidagi “Boyovutlik Humoyun” fermer xoʻjaligida birinchi terimdayoq 29,5 sentnerdan yuqori navli paxta hosili olindi. Xoʻjalik rahbari Abdulla Begmatovning telefon orqali maʼlum qilishicha, hali dalasida yana 60 tonnadan ziyod hosil bor.

“Oʻtgan yili 9 dekabrda poytaxtimizda boʻlib oʻtgan qishloq xoʻjaligi xodimlari qurultoyida ishtirok etgan edim. Prezidentimiz maʼruzasidagi yerdan unumli foydalanish toʻgʻrisida bergan koʻrsatmalari menda chigit ekishning 76 sxemasini qoʻllash fikrini uygʻotdi. Va bu yil 44 gektarda ana shu usul asosida gʻoʻza parvarish qildik. Hisoblab koʻrsak, maydonimizga odatdagi ekishga nisbatan jami 6 gektarlikka teng koʻp koʻchat joylashtiribmiz. Va qoʻshimcha 18 tonna qoʻshimcha hosil olish imkoniyati ham paydo boʻlibdi. Yana bir muhim jihat, mazkur usul xomaki hisob-kitoblarga koʻra, daromadimizni 56 million soʻmga koʻpaytirishi ham kutilmoqda”, - deydi fermer xoʻjaligi rahbari Abdulla Begmatov.

“Sirdaryoavtotexxizmat” MCHJ masʼul xodimi Alisher Nazarovning xabar berishicha, bugun viloyat rahbariyati tomonidan yuqori hosildorlik qayd qilingan “Boyovutlik Humoyun” fermer xoʻjaligi rahbariga “Lasetti” avtomobili dala boshida tantanali ravishda topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?