Sirdaryoda “Yoshlar kuni”da yoshlar toʻyi boʻlib oʻtdi

22:34 30 Iyun 2021 Jamiyat
597 0

Foto: O'zA

Guliston shahridagi “Zomin” toʻyxonasida viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash va Madaniyat boshqarmalari hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oila farzandlarining nikoh toʻyi hamda 10 nafar bolajonning xatna toʻyi oʻtkazildi.

Nikoh toʻyida ishtirok etgan Sirdaryo viloyati hokimi, senator Gʻofurjon Mirzayev bugungi qutlugʻ sanada nikoh toʻylari nishonlanayotgan 3 juft yoshni tabriklab, ularga oʻz sovgʻasini topshirdi. 

Xatna toʻy nishonlanayotgan jajji bolajonlarga velosipedlar sovgʻa qilindi. 

Kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?