Sirdaryoda “Vaz-2106” va “Neksiya-3” bilan toʻqnashgan yuk avtomobili agʻdarilib ketdi

14:54 22 Iyun 2021 Jamiyat
402 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 22-iyun kuni soat 12:00 larda, Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan oʻtgan M-34 avtomobil yoʻlining 98-kilometrida “Vaz-2106”, “Neksiya-3” rusumli yengil avtomobillar va “Isuzu” rusumli yuk avtomobili ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlib, yuk transport vositasi agʻdarilgan. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Toʻqnashuv natijasida dastlabki maʼlumotlarga koʻra 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo tumani IIB YHXB masʼullari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?