Sirdaryoda valyuta qiymatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

15:25 23 Avgust 2022 Jamiyat
281 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Bahor” mahallasi hududida valyuta qiymatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro A.B. fuqaro J.ga jami 3 000 AQSH dollari va 200 ming Qozoq tengesini 37,6 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?