Sirdaryoda tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi

Foto: Xalq so‘zi
Sirdaryo viloyati tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tomonidan ehtiyojmand 86 nafar fuqaroga besh turdagi protez-ortopediya moslamalari yetkazib berildi.
Joriy yilning noyabr oyi holatiga koʻra, 51 dona kattalar uchun nogironlar aravasi, 24 dona eshitish moslamasi, 31 dona hassa, 7 juft qoʻltiq tayoq, 8 dona yurish moslamasi yetkazib berilgan boʻlsa, protez-ortopediya buyumlari uchun ehtiyoji boʻlgan yana 100 nafar muhtoj shaxslarning oʻlchamlari olinib, ularga sertifikat taqdim etildi.
— Ushbu ishlarni amalga oshirishimizda Sirdaryo viloyat hokimligi, viloyat prokuratura xodimlarining yordami katta boʻldi, — deydi Sirdaryo viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Akbarxon Mirzaxonov. — Bu mahsulotlarni olib kelish va fuqarolarga yetkazib berishimiz uchun mahalliy byudjetdan 200 million soʻm oʻtkazildi.
Darhaqiqat, Sirdaryo viloyatida tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj, nogiron va yakka-yolgʻiz fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularga har tomonlama koʻmak koʻrsatish borasida sezilarli qadamlar tashlangan. Bu esa oʻsha toifadagi insonlarning yurtga va jamiyatga boʻlgan ishonchi yanada oshishiga xizmat qilmoqda.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring