Sirdaryoda tadbirkorning mulkini oʻzlashtirgan shaxs ushlandi

11:25 23 May 2024 Jamiyat
95 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.K. “I.R.M.” MCHJning oʻziga ishonib topshirilgan “BELARUS 80X” rusumli traktorini boshqa bir fuqaro X.N.ning nomidagi “BELARUS 80X” rusumli traktorining zavod ishlab chiqarish raqamlari yozilgan birkani koʻchirib oʻtkazish orqali fuqaro M.A.ga 240 mln soʻmga sotib yuborib, oʻzganing mulkini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?