Sirdaryoda tadbirkorlarning mablagʻlarini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.G.” oilaviy korxonasi savdo boʻlimi boshligʻi N.Ya. korxonada ishlab chiqarilgan 461,5 mln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlarini naqd pulga sotib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Guliston shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.U. va boshqalar “I.G.” MCHJning barcha ishlarini mustaqil bajarish huquqini beruvchi ishonchnomani olishga erishib, korxona hisob raqamidagi 200 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring