Sirdaryoda sugʻoriladigan ekin yer maydonini yaroqsiz holga keltirish holati aniqlandi

12:14 28 Sentyabr 2022 Jamiyat
436 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xovos tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.” fermer xoʻjaligi va “Z.Z.” MCHJ mansabdor shaxslari oʻzaro til biriktirib, fermer xoʻjaligiga ajratilgan 26,4 gektar yer maydonining 10 gektarini limonariya tashkil etish uchun “Z.Z.” MCHJga ijaraga berib, ushbu yer maydonida 15 823 m3 qum-shagʻal aralashmasini oʻzboshimchalik bilan qazib olganliklari hamda 50 sotix sugʻoriladigan ekin yer maydonining unumdor qatlamini yaroqsiz holga keltirganliklari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 593,1 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?