Sirdaryoda quvvati 1500 MVtli yangi issiqlik elektr stansiyasi barpo etilmoqda

08:45 23 Iyul 2022 Iqtisodiyot
767 0

Foto: Illustrativ foto

Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, mazkur loyiha Saudiya Arabistonning “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan 100 foiz toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda. Unda eng zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalar joriy etilishi hisobiga yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaladi.

Stansiya Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida 55 gektar maydonda barpo etilmoqda va 2023-yil yakuniga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?