Sirdaryoda narkolaboratoriya, Namanganda esa narkosavdogarlar fosh qilindi (+video)
Sirdaryo viloyatida narkolaboratoriya, Namangan viloyatida narkosavdogarlar faoliyatiga chek qoʻyildi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Guliston shahrida yashovchi, 1995-yilda tugʻilgan shaxs va uning 1996-yilda tugʻilgan turmush oʻrtogʻi hozirda Guliston shahrida istiqomat qiluvchi, 1995-yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan fuqaro bilan kelishgan holda, uning xonadonida sintetik narkotik moddalar tayyorlab, “zakladka” tarzida mijozlarga yetkazib berish bilan shugʻullanib kelgan.
Mazkur narkolaboratoriyadan 4 kg 373 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi, elektron tarozi, mikser, protivogaz, zip-paket va qadoqlashda ishlatiladigan boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Maʼlum boʻlishicha, ogʻufurushlar MDH davlatlari boʻylab internet tarmogʻida sintetik narkotiklar sotish bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruh tomonidan xorijdan yuborilgan xom-ashyolardan foydalanib, giyohvandlik vositalari tayyorlashgan.
Hozirda ushbu 3 nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1975-yilda tugʻilgan shaxs “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasining Uychi tumani “Yangiyer” MFY hududidan oʻtuvchi qismi orqali Qirgʻiz Respublikasidan mamlakatimizga qonunga xilof ravishda kirib kelgan vaqtida toʻxtatib qolingan.
Mazkur shaxs tekshirilganida, uning yonida boʻlgan sumka ichida 9 kg 702 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 223-moddasi 1-qismi va 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Yana bir holatda esa Namangan shahrida yashovchi, 1990-yilda tugʻilgan fuqaro Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali Yangiqoʻrgʻon tumani hududiga kontrabanda qilingan, taxminiy qiymati 3,2 milliard soʻmdan ortiq boʻlgan, 24 ming 122 dona “Regapen” va 4 ming 880 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda 45 turdagi jami 61 ming 287 dona kontrafakt dorilarni qabul qilib olib, ketmoqchi boʻlgan vaqtida qoʻlga olingan.
Shundan soʻng, ushbu dori vositalarini buyurtma qilgan shaxslar va kuryerlarni aniqlash yuzasidan tezkor tadbir davom ettirilib, Namangan shahri va Kosonsoy tumanida yashovchi 5 nafar fuqaro aniqlangan va ular haqiqatdan ham kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari va kontrafakt dorilarni Toshkent shahri hamda Fargʻona vodiysi viloyatlarida sotish bilan shugʻullanishlari maʼlum boʻlgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring