Sirdaryoda “musorovoz” va “Nexia-3” ishtirokida YTH yuz berdi
Foto: Sirdaryo viloyati YHXB
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida “Isuzu” va “Nexia-3” ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, hodisa bugun, 13-mart kuni soat 10:00 lar atrofida Mirzaobod tumani hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida yuz bergan. “Yangiyer—Guliston” yoʻnalishida “Nexia-3” rusumli yengil avtomobil hamda chiqindi tashishga moʻljallangan “Isuzu” rusumli maxsus transport vositasi oʻzaro toʻqnashib ketgan.
Viloyat YHXB axborot xizmatining “Xalq soʻzi”ga maʼlum qilishicha, YTH oqibatida tan jarohatlari olgan yengil mashina haydovchisi shifoxonaga yetkazilgan. Hozirda fuqaroning holati aniqlanmoqda.
Qoʻshimcha qilinishicha, ayni vaqtda hodisa joyida YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv va oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring