Sirdaryoda mart oyining birinchi oʻn kunligida «Onalarga ehtirom» festivali boʻlib oʻtmoqda

14:28 02 Mart 2023 Jamiyat
472 0

Foto: Xalq so‘zi

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mart oyining birinchi oʻn kunligida Sirdaryo viloyatida ilk bor «Onalarga ehtirom» festivali oʻtkazilayotir.

Festival dasturi rang-barang. Jumladan, undan «Toʻmaris izdoshlari» koʻrik-tanlovi, «Zakovat» intellektual oʻyini, turli sport musobaqalari, oqila va olima ayollar uchrashuvlari oʻrin olgan.

— Ayol – bu, avvalo, ONA va har bir opa-singlimiz oʻz baxtini birinchi galda oilada koʻradi, — deydi Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Nargiza Tojibayeva. — Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad muhtaram onalarimizga yanada yuksak va koʻproq ehtirom koʻrsatish hamda ularni eʼzozlashdan, ulugʻlashdan iborat. Bu orqali yosh avlodning ongida oilaviy anʼanalarimizga hurmat, farzandlik burchlarini ado etish kabi fazilatlarni yanada mustahkamlashdan iborat.

Festival doirasi ham keng. Yaʼni uning nafasi tadbirlardan tashqari mehnat jamoalari, taʼlim maskanlari, mahallalar, xonadonlarga kirib boradi. Unda turli yoshdagi farzandlarning oʻz onalariga koʻrsatgan izzat-hurmati ibrat qilib koʻrsatiladi.

Maʼlum qilinishicha, festivalning viloyat bosqichi ommaviy shodiyona sifatida tashkillashtiriladi va gʻoliblarga turli nominatsiyalar boʻyicha mukofotlar topshiriladi.

Ahmadali SHERNAZAROV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер