Sirdaryoda kuniga 100 tonnagacha paxta terish quvvatiga ega mashinalar ish boshladi (foto)

“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Sirdaryo viloyatiga Amerika Qoʻshma Shtatlarining “John Deere” kompaniyasida ishlab chiqarilgan eng soʻnggi rusumdagi olti qatorlik paxta terish mashinalari keltirildi.
Mazkur innovatsion paxta terish mashinalari Singapurning “Indorama” kompaniyasi tomonidan Oqoltin tumanidagi paxta dalalarida respublikamizda ilk bor sinovdan oʻtkazildi.
U biryoʻla terilgan paxtani gʻaramlab, yaʼni qadoqlab ham beradi.Har bir gʻaram 2,5 tonnadan 2,7 tonnagacha vaznga ega. Yana kam xarajatli boʻlishi barobarida ish unumi ham baland. “John Deere 7760” paxta terish mashinasi kuniga 40-50 gektar maydondan 80-100 tonnagacha paxtani terish quvvatiga ega.
Taqqoslaymiz. Agar “John Deere 7760” paxta terish mashinasi kuniga oʻrtacha 90 tonna paxta tersa,bu qoʻl terimidagi 1400 nafar kishining mehnatiga teng deganidir.
Eng muhimi, “John Deere 7760” anʼanaviy terim mashinalaridan farqli ravishda paxtani toza teradi.
Hozircha viloyatga 15 dona yuqori unumli ana shunday terim mashinasi keltirildi. Ular vositasida kuniga oʻrtacha 1400 tonnalik paxta xirmoni yaratilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Andijon viloyati hokimi 15 yoshli qizni zoʻrlagani toʻgʻrisidagi xabarlarga izoh berildi
- Istanbul aeroportida tanasiga 6 kg oltin yashirgan oʻzbekistonlik ayollar ushlandi
- Yoʻl harakati qoidabuzarliklarning jarima ballari qachondan kuchga kiradi?
- Shoirning ayoli boʻlish sharaf
- 9 yoshli qizchaning oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi 4 yilga qamaldi (+video)
- Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi boʻlgan ikki bolani tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring