Sirdaryoda institut diplomini olib berish hamda oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

12:18 20 Sentyabr 2022 Jamiyat
278 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar T.N. va D.N. boshqa bir fuqaro H.ga goʻyoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yordamida Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filialini tugatganligi toʻgʻrisida diplom olib berishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Buxoro tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B.R. va Z.R. 2 nafar fuqaroni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Buxoro turizm va madaniy meros texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер