Sirdaryoda yerni noqonuniy sotayotgan tovlamachi qoʻlga olindi

23:38 14 Dekabr 2021 Jamiyat
957 0

Sirdaryo viloyatida yer tovlamachi qoʻlga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament va Sirdaryo viloyati DXX boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida J.K. fermer xoʻjaligiga tegishli 5 gektar yer maydonini, yana tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlari yoʻq boʻlgan 15 gektar yer maydonini sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlangan. Umumiy maydoni 20 gektar boʻlgan yer uchun u 70 ming dollar talab qilgan. Firibgar pulning birinchi qismini (30 ming dollar) olayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?