Sirdaryoda ekologlar davlatdan qum-shagʻal oʻgʻirlagan shaxsni jarimaga tortdi

11:53 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
171 0

Sirdaryoda ekologlar viloyatning qum-shagʻalini oʻgʻirlagan mahalliy fuqaroga jarima soldi, deb xabar berdi Ekologiya davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, 22-oktyabr kuni oʻtkazilgan profilaktik reyd davomida Toʻsar mahallasida yashovchi fuqaro EO-652 zanjirli ekskavator yordamida noqonuniy qazib olish bilan shugʻullanayotgan paytda jinoyat ustida ushlangan. Yuridik hujjatlar va ruxsatnomalarsiz u daryo boʻyida qum va shagʻal qazib, sotgan.

Ekologlar “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonunning 70-moddaning 1-qismi (“Yer osti boyliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish talablarini buzish”) boʻyicha qayd etilgan qoidabuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzdilar va unga 30 baravar (8 100 000 soʻm) miqdorida jarima soldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?