Sirdaryoda diniy bilimi yoʻq 2 ovsin hujra tashkil qilib, dars berib kelgani aniqlandi

10:32 04 May 2021 Jamiyat
750 0

Shu yilning 3-may kuni Sirdaryo viloyat IIB va DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Guliston shahrida yashovchi, 1981-yilda tugʻilgan B.N. va uning ovsini 1984-yilda tugʻilgan I.M hech qanday rasmiy diniy maʼlumotga ega boʻlmasdan turib, 9 nafar voyaga yetmagan maktab oʻquvchilari va 6 nafar ayol-qizlarga “hujra” sifatida noqonuniy diniy taʼlimdan dars berib kelayotganligi aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, mazkur voyaga yetmagan oʻrta maktab oʻquvchilari pandemiya sababli onlayn tarzga oʻtkazilgan darslarga ishtirok etmasdan, muntazam ravishda yashirin “hujra”da diniy saboq olib kelganlar.

Bundan tashqari, ushbu “hujra”da taʼlim bergan I.M ning uyali telefon apparati mutaxassis va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning xotirasida nomaʼlum shaxslarning diniy maʼruzalari mavjudligi aniqlanib, dinshunoslik ekspertizadan oʻtkazish uchun rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan, ichki ishlar organlari tomonidan mavjud qonunchilik doirasida tegishli choralar koʻrish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?