Sirdaryoda “Damas”, “Isuzu” va “Neksiya” ishtirokida YTH sodir boʻldi

19:24 15 Iyul 2021 Jamiyat
696 0

Bugun, 15-iyul kuni soat 13:00larda Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani hududidan oʻtuvchi M-34 avtomobil yoʻlining 34-kilometrida “Sirdaryo-Guliston” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib kelgan “Damas” rusumli avtomashina ortga qayrilib olayotgan vaqtda ortidan bir yoʻnalishda harakatlanib kelgan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi urib yuborishi natijasida qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib agʻdarilgan. 

“Isuzu” yuk avtomashinasi yoʻlning oʻng tomoniga agʻdarilgan vaqtda shu yoʻnalishdan harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotib yoʻl chetidagi temir toʻsiqqa urilib YTH sodir etgan.

YHXBB xabariga koʻra, toʻqnashuv natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq. Transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Sirdaryo IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?