Sirdaryoda butalar orasidan yoqib yuborilgan ayol jasadi topildi

22:43 13 Sentyabr 2021 Jamiyat
1039 0

Joriy yilning 10 sentyabr kuni soat 13:50da Mirzaobod tumani, Dehqonobod MFY hududidagi dala maydoni chetidagi butalar orasidan ayol jasadi topildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, marhumning yoqib yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv davomida, nomalum murdaning shahsiga aniqlik kiritilib, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxslar S.K, xamda uning jinoiy sheriklari L.K, S.M, V.D va J.Mlar ekanligi aniqlanib, extiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tuman prokuraturasi  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddass 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?