Sirdaryoda boʻlgan YTHda haydovchilardan biri yonib ketdi

11:48 20 Noyabr 2021 Jamiyat
853 0

Sirdaryo viloyatida “Nexia” va “Zil” yuk avtomobili toʻqnashib ketdi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 19-noyabr kuni soat 14:25 da Mirzaobod tumani hududidan oʻtuvchi M-34 avtomobil yoʻlining 132-kilometrida “Nexia” rusumli avtomashina bilan “Zil” yuk mashinasi toʻqnashib ketgan. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida yoʻlovchi avtomobili yonib ketgan, haydovchi esa kuyib halok boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?