Sirdaryoda bayram tadbirlari askar onasi ehtirom koʻrsatilgan boshlandi

Gulistonda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir Xotira maydonidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, askar volidasiga ehtirom koʻrsatishdan boshlandi. Soʻngra harbiy parad boʻlib oʻtdi
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida tantanali yigʻilish va bayram konserti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Prezidentimizning 2020-yil 13-yanvardagi “Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi komandirining oʻrinbosari Saidjon Yusupovga ushbu yuksak davlat mukofoti tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, “Nuroniy” jamgʻarmasi viloyat boʻlimi rahbari Oʻtbosar Abdiyev, respublika “Maʼnaviyat-maʼrifat” markazi Sirdaryo viloyati boʻlimi bosh mutaxassisi Nargiza Xolmurodova “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishonlariga munosib koʻrildi.
Tantanalar doirasida “Farovon” restoranida bayram dasturxoni yozildi.
Tadbirlarda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev ishtirok etdi.
Ahmadali ShERNAZAROV,
(“Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring