Sirdaryoda 6-sinf oʻquvchisi otasining pullarini oʻgʻirlab PUBG oʻyiniga sarfladi

Foto: Arxiv surat
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs unga tegishli boʻlgan bank kartasidan jami 3 800 000 soʻm pulni yechib olganligini bildirib, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni oʻzlashtirgan shaxs fuqaroning 6-sinf oʻgʻli ekanligi aniqlangan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davomida bola “PUBG” onlayn oʻyiniga katta qiziqish orqali, oʻyin akkaunt hisobiga ushbu pullarni oʻtkazib yuborganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda toʻplangan hujjatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring