Sirdaryo viloyati logotipini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi

05:43 06 Avgust 2022 Jamiyat
322 0

2023-yil Sirdaryo viloyati tashkil topganiga 60 yil toʻladi. Shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi eng yaxshi logotip dizaynini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qildi.

Logotipda Sirdaryo viloyatining tabiati, tarixi, madaniyati va taraqqiyot yoʻli oʻz ifodasini topishi lozim.

Ijodiy ishlar tanlov hayʼati tomonidan 2022-yil 15-avgustdan 21-oktyabrgacha qabul qilinadi va gʻoliblar 8-dekabr kuni eʼlon qilinadi.

Tanlov gʻolibi 25 millon soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, 10 ta eng yaxshi ijodiy ish qoʻshimcha ragʻbatlantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?