Sirdaryo viloyati hokim oʻrinbosarlari tayinlandi

11:51 28 Sentyabr 2022 Siyosat
482 0

Foto: Аrxiv surat

Bahodir Botirov Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari — investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Guliston tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Shavkat Zayniddinov Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?