Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev ovoz berishga oilasi bilan birgalikda keldi

11:56 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
156 0

Foto: Халқ сўзи

Sirdaryo viloyatidagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonlari saylovchilarning faol ishtirokida davom oʻtmoqda.

Ovoz beruvchilar uchun saylov uchastkalarida belgilangan talablar asosida barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan, pandemiya qoidalariga rioya qilishga alohida eʼtibor qaratilayotir. Ochiq kuzgi havo Vatanimiz va xalqimiz kelajagi uchun ovoz berishga kelayotgan yurtdoshlarimizning bayramona kayfiyatiga uygʻunlik baxsh etmoqda. Saylov uchastkalariga tashrif buyurayotganlar orasida nabiralarini yetaklagan bobo va buvilarni ham kuzatish mumkin. Albatta, bu yosh avlodda jonajon Vatanimizga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻusini yanada joʻshtiradi, ularni shu aziz yurtimizning munosib farzandlari boʻlib yetishishlariga xizmat qiladi.

Jumladan, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev ham Guliston shahridagi 15-saylov uchastkasiga oilasi bilan tashrif buyurdi va konstitutsion huquqidan foydalanib ovoz berdi.

Ahmadali ShERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?