Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:13 25 Noyabr 2020 Jamiyat
2222 0

Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Sessiya ishida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Sessiya qaroriga asosan Muxamadiyev Alijon Raximberdiyevich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, tuman hokimi lavozimiga Mirzaqulov Botirjon Kazakbayevich tayinlandi.

Maʼlumot oʻrnida, Botirjon Mirzaqulov 1970-yilning 23-fevralida Sirdaryo tumanida tugʻilgan. 2005-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. 2018-yildan shu kunga qadar Saxunobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?