Sirdaryo tumanida fuqaroning 280 mln soʻmini qoʻlga kiritgan fermer xoʻjaligi rahbari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.M.” fermer xoʻjaligi rahbari B.Oʻ. xoʻjalikning “Paxtachilik va gʻallachilik” uchun ajratilgan 94,9 gektar yer maydonida sholi ekish va ijaraga berishga vakolati boʻlmasada, aldov yoʻli bilan oʻzganing mulkini qoʻlga kiritish maqsadida 60 gektar yer maydonini “Sholi” ekish uchun fuqaro I.D.ga ijaraga berishga kelishib, yozma tilxat asosida 280 mln soʻm naqd pulini olib, oʻzining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring