“Sirdaryo Dori-Darmon”ga qarashli 11 ta dorixona Reimbursatsiya dasturiga ulandi

10:48 21 Noyabr 2022 Jamiyat
604 0

Reimbursatsiya – inglizcha soʻz boʻlib,“xarajatlarni qoplash” maʼnosini anglatadi – bu aholini dori vositalari bilan taʼminlash hisoblanib, alohida surunkali kasalliklarni davolash uchun shifokor tomonidan buyurilgan dori vositalari xarajatlarini maqsadli kompensatsiya qilishni nazarda tutadi.

Bu dastur bemorga oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonadan dori vositalarini bepul olish imkonini beradi.

“Sirdaryo Dori-Darmon” MCHJga qarashli 11 ta dorixona va dorixona shoxobchalari reimbursatsiya dasturiga ulandi.

Reimbursatsiya tizimi doirasida quyidagi surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda qabul qilinadigan 11 turdagi dori vositalari uchun dorixonalar xarajatlari Davlat tibbiy sugʻurtasi tomonidan qoplanadi:

— arterial gipertoniya kasalligi;

— yurak ishemik kasalligi;

— qandli diabetning ikkinchi turi;

— bronxial astma;

— oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi.

Reimbursatsiya tizimiga kiritilgan dori vositalari tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq Jamgʻarma bilan shartnoma tuzgan dorixonalar tomonidan bepul beriladi.

Elektron retseptda nimalar aks ettirilish kerak?

Elektron retsept – yagona elektron retsept maʼlumotlar bazasini shakllantirish va vrachning farmatsevtik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash yoki berish hamda uning qoʻllanilish usuli toʻgʻrisidagi koʻrsatmasini tezkor ravishda olish imkonini beruvchi elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiyalash imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʻlgan elektron hujjat.

Elektron retsept quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:

— ambulatoriya muassasasining nomi;

— retsept raqami va berilgan sanasi;

— bemorning toʻliq ismi-sharifi, tugʻilgan yili va sanasi, yoshi, jinsi;

— XKT-10 boʻyicha tashxis;

— dori vositasining XPN boʻyicha nomi;

— dori shakli, dozalanishi va dozalash tartibi;

— shifokorning familiyasi, ismi, sharifi va telefon raqami;

— elektron retseptni tasdiqlash uchun masʼul shifokorning familiyasi, ismi, sharifi.

Eslatib oʻtamiz, Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi 2021-yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.

Birinchi bosqich Davlat dasturida belgilangandek, tajriba tariqasida Sirdaryo viloyat tibbiyot muassasalarida, ikkinchi bosqich 2023-yilda Qoraqalpogʻistonda, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida, uchinchi bosqich 2025-yildan butun mamlakat boʻylab joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер