Sinxron suzish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻoliblariga medallar oʻz vaqtida topshirilmagan. Vazirlik rasmiy bayonot berdi
Poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji suv havzasida sinxron suzish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.
Qayd qilinishcha, 2021-yil boshidan beri suv sporti turlari (suzish, sinxron suzish, suv polosi, suvga sakrash) boʻyicha bir qancha Oʻzbekiston chempionatlari hamda milliy terma jamoalarning oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan oʻz vaqtida oʻtkazildi va moliyalashtirilgan.
Shu yilning 15-18-mart kunlari ROZKda boʻlib oʻtgan sinxron suzish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash jarayonida ayrim sabablarga koʻra gʻolib sportchilarga medallar oʻz vaqtida topshirilmagan.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligining rasmiy bayonotiga koʻra, mazkur holat Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov boshchiligida vazirlikning tegishli boshqarma mutasaddilari, Suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamda Oʻzbekiston suzish federatsiyasi vakillari ishtirokida muhokama qilingan.
«Unda vazirlik masʼul xodimlari, Suv sporti turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamda Oʻzbekiston suzish federatsiyalari tomonidan ushbu muammoni oʻz vaqtida bartaraf etish choralari koʻrilmaganligi keskin tanqid qilindi.
Kamchilikka yoʻl qoʻygan masʼullarga tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.
Shuningdek, kelgusida bu kabi holatlar takrorlanmasligi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilishi lozimligi taʼkidlandi», deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishcha, sinxron suzish boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolib va sovrindorlari uchun medallar tegishli viloyatlarga yuboriladi hamda hududiy Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan taqdirlash marosimini yuqori darajada tashkil etish choralari koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring