Singapurda “COVID-19” bemorlarini bepul davolash toʻxtatilmoqda

18:43 09 Noyabr 2021 Dunyo
628 0

Foto: Reuters

Singapur hukumati koronavirus aniqlangan fuqarolar vaksina olmagan boʻlsa, ularga tibbiy toʻlovlarni toʻlamaydi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan maʼlum qilindi.

“Hozirda vaksina olmagan odamlar intensiv statsionar yordamga muhtoj boʻlganlarning aksariyatini tashkil qilmoqda va bizning sogʻliqni saqlash resurslarimizga nomutanosib yuk boʻlmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida. 

Qayd etilishicha, 8-dekabrdan keyin “COVID-19” bilan kasalxonaga yotqizilgan, vaksina olmagan bemorlar bepul davolanmaydi. Faqat emlash taqiqlangan 12 yoshgacha boʻlgan infeksiya bilan zararlangan bolalar bu holatdan istisno qilinadi.

Singapur Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri hukumat fuqarolar va mamlakatda doimiy yashovchilarning tibbiy toʻlovlarini toʻlaganini taʼkidladi. Shu bilan birga Singapurda aholining 85 foizi toʻliq emlangan, yana 18 kishi “COVID-19”ga qarshi vaksinaning uchinchi dozasini ham olgan.

Avvalroq, singapurlik tibbiy maslahatchi Deyl Fisher  “COVID-19” tashxisi qoʻyilgan, ammo tuzatib boʻlmaydigan bemorlarni kasalxonaga yotqizmaslikni, agar ular istasa, uyda davolanish va hatto hayotdan koʻz yumish imkoniyatini berish mantiqiy ekanini aytgan edi. 

Uning izohlashicha, bu amaliyot bemor uchun ham, uning yaqinlari uchun ham, sogʻliqni saqlash tizimi uchun ham yaxshiroqdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?