Sindzo Abening oʻldirilishiga oid yangi tafsilotlari oshkor etildi

13:06 17 Iyul 2022 Dunyo
1528 0

Foto: Reuters

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abening qotili 41 yoshli Tesuya Yamagami suiqasddan sal avval goʻyoki oʻz rejalariga shama qilgan xat yozgan. Bu haqda mahalliy “Yomiuri” gazetasi yozmoqda.

Yaponiyada yashovchi bir kishi qotillikdan soʻng pochta qutisidan xabarni topgan. Garchi konvertda joʻnatuvchining ismi koʻrsatilmagan boʻlsada, ichida uning onasi va “Birlashish cherkovi” oʻrtasida tuzilgan shartnoma bor edi. Bundan tashqari, unda Yamagamining ismi va manzili ham koʻrsatilgan. Unda Yamagami oilasining moliyaviy ahvoli qiyinlashib qolishiga “Birlashish cherkovi” diniy tashkilotini ayblagan edi.

Matnda Yamagami Abeni aybdor deb hisoblamasligini yozgan. Shu bilan birga, u siyosatchi goʻyoki diniy tashkilotga xayrixohligini bildirgan, bu esa qotil oilasi muammolariga sabab boʻlgan.

Joriy yilning 8-iyul kuni ertalab Abega suiqasd uyushtirildi. Hodisa Yaponiyaning Nara shahrida saylovoldi tashviqoti chogʻida sodir boʻlgan. Sobiq dengizchi siyosatchiga orqasidan yaqinlashib, unga ov miltigʻidan ikki marta oʻq uzdi. Abe olgan ogʻir tan jarohatlari oqibatida vafot etdi. U 67 yoshda edi.

Sindzo Abe ikki marta — 2006-2007 va 2012-2020-yillarda Yaponiya bosh vaziri boʻlgan. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?