“Silk Avia” kompaniyasining birinchi samolyoti Toshkentga yoʻl oldi

17:36 18 Mart 2023 Jamiyat
499 0

Joriy yil 17-mart kuni soat 23:07da (Toshkent vaqti bilan 18-mart 04:07da) mintaqaviy Silk Avia milliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Bangkokdan Toshkentga uchdi.

Samolyot texnik holati jihatdan koʻrikdan oʻtdi va toʻliq boʻyaldi, sinov parvozlarini amalga oshirdi hamda eksport sertifikatiga ega boʻldi. ATR 72-600 samolyotining maksimal uchish balandligi (7600 m) va masofasi (1500 km) hisobga olinsa, samolyot Bangkokdan Toshkentga kelguncha Singapur, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarbayjonda oltita texnik toʻxtashni amalga oshiradi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Silk Avia aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkentga 21-mart kuni qoʻnadi.

“Shu kungacha ulkan ishlar amalga oshirildi: mos samolyotlarni topishdan tortib, ularni sotib olish va barcha kerakli hujjatlarni toʻldirishgacha. Birinchi reyslar yoʻlga qoʻyilishiga oz qoldi. Oʻzbekiston xalqiga Navroʻz bayramiga shunday muhim sovgʻa qilishimizdan juda mamnunmiz”, — dedi “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Raʼno Joʻrayeva.

Qayd etish joizki, yoʻlovchi sigʻimi 70 kishilik ATR 72-600 samolyoti dunyodagi eng mashhur qisqa masofaga uchuvchi samolyotlardan biri hisoblanadi. Airbus A320ga nisbatan toʻrt baravar kam yoqilgʻi sarflaydigan xavfsiz va tejamkor, arzon samolyot yoʻlovchilarga hamyonbop narxda ishonchlilik va qulaylikni taqdim etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер