Sidney aholisi koronavirus cheklovlariga qarshi norozilik bildirmoqda

20:18 24 Iyul 2021 Dunyo
930 0

24-iyul kuni taxminan uch yarim ming kishi markaziy Sidney koʻchalariga chiqib, hukumat tomonidan koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan cheklov choralariga norozilik bildirdi, deb xabar berdi Avstraliyaning ABC telekanali.

Xabarga koʻra, shahar hokimligi qarshisida aholi va politsiya oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlgan. Namoyishchilar politsiyaga qarata gullar ekilgan plastik tuvak va idishlarni uloqtirishdi. Huquqbuzarliklar toʻgʻrisida 90 dan ortiq bayonnomalar tuzilib, 57 nafar namoyishchilar hibsga olingan.

Melburn va Brisben aholisi kichikroq norozilik bildirilmoqda.

Pandemiya paytida Avstraliya koronavirusning keng tarqalishidan saqlanib qoldi. Biroq soʻnggi oylarda infeksiyaning kunlik oʻsishi yuzdan oshdi. Bir kun avval Avstraliya hukumati rekord miqdordagi COVID-19 kasalligi haqida xabar berdi — bir sutka davomida 163 kishi virusni yuqtirib olgan.

Maʼlumot uchun, iyun oyi oxirida Sidneyda karantin cheklovlari eʼlon qilindi. Keyin cheklovlar 31-iyulgacha uzaytirildi. Cheklovlar Melburnda va 20-iyuldan boshlab esa Janubiy Avstraliya shtatida ham eʼlon qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?