Si Szinpin koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri ilk xorijiy tashrifini Oʻzbekistonga amalga oshiradi

16:26 05 Sentyabr 2022 Dunyo
669 0

Foto: Reuters

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga kelmoqda. Bu uning pandemiyadan soʻng xorijga birinchi davlat tashrifi hisoblanadi. Xitoy rahbari, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining Samarqand sammitida ham ishtirok etadi. Shu turne doirasida uning Qozogʻistonga ham borishi kutilmoqda.

Bu haqda Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Sputnik Qozogʻiston”.

“Qozogʻiston Prezidentining taklifiga binoan Xitoy rahbarining Qozogʻistonga davlat tashrifi rejalashtirilgan. Tashrif davomida ikki davlat rahbarlarining ikki tomonlama muzokaralari, shuningdek, ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan”, — deydi Smadiyarov.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Si Szinpinning tashrifi ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер