Shvetsiyada oʻtkazilayotgan “Eurovision” qoʻshiq tanlovida Isroilning qatnashishi noroziliklarni keltirib chiqardi

23:14 10 May 2024 Dunyo
218 0

Shvetsiyaning Malmo shahrida minglab odamlar Isroilning “Eurovision” qoʻshiq tanlovida ishtirok etishiga qarshi namoyishlar oʻtkazdi. Tadbir tashkilotchilari namoyishchilardan tanlovga siyosiy tus bermaslikni soʻragan.

Payshanba kuni “Eurovision” oʻtkaziladigan joydan bir necha kilometr uzoqlikdagi bogʻda shahar boʻylab rejalashtirilgan marsh oldidan namoyishchilar miting oʻtkazish uchun Falastin bayroqlarini koʻtargan holda tarixiy Stortorget maydonida yigʻilishgan. Politsiyachilarga koʻra, yigʻilganlar 12 mingdan koʻproq boʻlgan.

Tanlov tashkilotchilari namoyishchilardan Isroil ishtirokiga siyosiy tus bermaslikni talab qilgan. Shundan soʻng Falastinni qoʻllab-quvvatlovchilar HAMAS guruhining 7-oktyabrdagi Isroilga qarshi hujumiga ishora qilib aytilgan “Oktyabr yomgʻiri” qoʻshigʻini oʻzgartirishga erishgan. Endi isroillik sanʼatkor Eden Golan tanlovda “Hurricane” yaʼni “Dovul” qoʻshigʻi bilan ishtirok etadi.

Shuningdek, Isroil tanqidchilari Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan 2022-yilgi musobaqada Rus qoʻshiqchilarining “Eurovision”dan chiqarilib yuborilganini taʼkidlashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер