Shveysariya banki Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining shaxsiy hisob-raqamini bloklab qoʻydi

18:17 29 Iyul 2022 Dunyo
893 0

Foto: Global Look Press

Shveysariya banki Rossiyaning Birlashgan Millat Tashkiloti(BMT)dagi doimiy vakilining shaxsiy-hisob raqamini blokladi.

Shveysariyaning Jeneva shahridagi bank Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Gennadiy Gatilovning shaxsiy hisob-raqamini bloklab qoʻydi. Bu haqda doimiy vakolatxonaga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

“Biz bilan uzoq muddatli hamkorlik qilgan bir qator banklar, sugʻurta va avtoulovlarga texnik xizmat koʻrsatish kompaniyalari tuzilgan shartnomalardan voz kechishga qaror qilishdi, rostini aytsam, buning sababi biz Rossiyadan boʻlganimiz”, deydi vakolatxona vakili.

Aniqlik kiritilishicha, Gatilovning bloklangan hisob-raqami tibbiy xarajatlarni qoplash uchun ishlatilgan.

Avvalroq Shveysariya Ukraina Qurolli Kuchlarining yarador askarlarini davolashdan bosh tortgani maʼlum boʻlgan edi. Chunki bu betaraf davlat maqomiga ziddir. 

Avvalroq Rossiya vakili Irina Tyajlova Shveysariya rossiyalik delegatlarga BMTda ishlash uchun viza bermasligini aytgan edi. Bundan oldin Shveysariya prezidenti Inyatsio Kassis uning mamlakati Rossiya bilan Ukraina boʻyicha muzokaralar olib borayotganini hamda Moskva va Kiyevga oʻzining “yaxshi takliflar” berishga tayyorligini aytgan edi. Biroq iyul oyida rasmiy Bern Ukrainadagi “maxsus harbiy amaliyot” paytida yaralangan harbiylar va fuqarolarni davolanish uchun qabul qilishdan bosh tortdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?