Shuhrat Musayev Namangan viloyati hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi

Viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov boshchiligida faollar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi.
Hozirga qadar viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi boʻlib ishlab kelgan Shuhrat Musayev viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Shuhrat Musayev 1973-yilda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1996-yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1996-yilda viloyat “Istiqbolstat” bosh boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.
2000—2017-yillarda viloyat “Iqtisodstat” bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi, viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasining umumiqtisodiyot kompleksini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi, viloyat hokimligi referenti, bosh mutaxassisi, kotibiyat mudiri, axborot-tahlil guruhi rahbari vazifalarida faoliyat yuritgan.
U 2017-yildan shu kunga qadar viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Shuhrat Musayev viloyat hokimining 2021-yil 23-fevraldagi qarori bilan viloyat hokimining oʻrinbosari — Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- Kun fotosi: Hokim fuqarolarning xonadonini oqlab berdi
- Kun fotosi: Namangan viloyati hokimining vaqtinchalik uyi deyarli tayyor boʻldi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- Gʻaniyev taqdimot vaqtida qiyinchilikka duch keldi, Prezident uning rejalaridan qoniqmadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring