Shu yilning 9 oyida bemorlarga 20,3 mlrd. soʻmlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berilgan

11:28 29 Noyabr 2022 Jamiyat
272 0

Bu haqda Milliy matbuot markazida boʻlib oʻtgan “Dori-Darmon aksiyadorlik kompaniyasi faoliyati tahlili" mavzuidagi matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Taʼkidlanganidek, “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi Davlat buyurtmasi asosida 2020-yilda 1 300 000 doza, 2021-yilda 3 668 000 dozada grippga qarshi vaksinalarni olib kelgan. Joriy yilda 2 347 000 doza grippga qarshi vaksinalar olib kelingan boʻlib, bu vaksinalar bolalar, oʻqituvchilar hamda shifokorlar bepul emlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berildi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning 13 toifasiga kiruvchi bemorlarga Kompaniya tizimidagi dorixonalar orqali 2021-yilda 22,9 mlrd.soʻmlik dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berilgan boʻlsa, 2022-yilning 9 oyi davomida mazkur koʻrsatkich 20,3 mlrd. soʻmni tashkil qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер