Shu yilning 30-iyunigacha paxta hosili uchun ajratilgan azotli oʻgʻitlar isteʼmolchilarga toʻliq yetkaziladi

13:23 24 Iyun 2022 Iqtisodiyot
857 0

Foto: Illustrativ foto

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzkimyosanoat” AJ axborot xizmati rahbari Rustambek Eshbekov maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-yil gʻalla va paxta hosili uchun sof holda 555,9 ming tonna, yaʼni gʻalla hosili uchun 272 ming tn va paxta hosili uchun 283,9 ming tn azotli oʻgʻitlar, 96,1 ming tn fosforli va 50 ming tn kaliyli oʻgʻitlar birja savdolari orqali xarid qilinishi belgilangan.

Hozirda paxta hosili uchun birja savdolari orqali sof holda 256,2 ming tn (90%) azotli oʻgʻitlar yetkazib berildi va oziqlantirish ishlari davom etmoqda. Joriy yilning 30-iyunigacha paxta hosili uchun ajratilgan azotli oʻgʻitlar toʻliq yetkazib beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?