Shovotda harbiy xizmatchilarga yangi uy-joy topshirildi

Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimizda harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni uy-joy bilan taʼminlash va maishiy sharoitlarini yaxshilash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Albatta, bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash yoʻlida sadoqat bilan xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarni yangi marralarga ruhlantirishi tabiiy.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi arafasida Xorazm viloyati Shovot tumanida Davlat Xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism xizmatchilari va ularning oila aʼzolari uchun moʻljallangan yangi turar joy foydalanishga topshirildi.
Ushbu koʻp qavatli uy qurilishi uchun mahalliy byudjetdan 3 mldr. 860 mln. soʻm mablagʻ sarflandi. Shunday qilib chegara hududida xizmat olib borayotgan 10 nafar harbiy xizmatchi oilasi yangi 2023-yilni yangi uyda kutib olish quvonchiga musharraf boʻldilar.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring