Shoʻrchi hokimiga hayfsan berildi, tumani hokimi oʻrinbosari va xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi ishdan olindi

Foto: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
Joriy yilning 1-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov raisligida xalq taʼlimi tizimidagi mavjud muammolarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Jumladan, Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida oddiy maktabni ixtisoslashtirilgan maktabga aylantirish chogʻida masʼullar tomonidan yoʻl qoʻyilgan oʻzboshimchalik va oʻz ishiga sovuqqonlik jiddiy tanqid qilindi.
Ishlar toʻgʻri tashkil qilinmaganligi sababli oʻquvchilar 5-6 kilometr naridagi maktabga qatnashga majbur boʻlishgan. Bu esa ota-onalarning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlgan.
Bu oʻrtada maktabning sobiq direktori tashabbusi bilan aholining uyida bolalarga dars oʻtish boshlangan.
«Bu nima degan gap?! Inson qadri shumi? Toshkentda, yozda salqin, qishda issiq kabinetlarda oʻtirgan amaldorlar bolalari qishloqning loy yoʻllarida har kuni 10 kilometrlab yurishiga, aholi uylarida oʻqishiga rozi boʻlisharmidi? Yana uylarda taʼlim berayotgan oʻqituvchilarga maosh ham berilmayapti ekan. Oʻqituvchining nima aybi bor bu yerda?!», – deya eʼtiroz bildirdi Sardor Umurzakov.
Mazkur voqea ortidan Shoʻrchi tumani hokimi Baxtiyor Xudoyberganovga esa hayfsan berildi, oʻquvchilarni aholi uylarida oʻqitishga bosh qoʻshgan tuman hokimi oʻrinbosari va xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring