Shohrux Hamdamov investitsiyalarni qayerga tikish kerakligini aytib oʻtdi

08:45 19 Aprel 2024 Jamiyat
92 0

Ikki kundan buyon “Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shoira ostida tashkil topgan “Kinokarvon” Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi.

Loyiha ishtirokchilarining navbatdagi manzili Fargʻona tumani boʻldi. Unda sanʼatkorlar maktabda aholi bilan uchrashdi. Tadbirda Shohrux Hamdamov oʻzbek kinosining bugungi kuni haqida aytib oʻtib, yoshlarga maktabning inson hayotidagi oʻrnini alohida taʼkidladi.

“10-15-yil avval qachon maktabni bitiraman deb oʻylardik. Lekin hozir maktabimizga borsak, vaqt ortga qaytsayu shu maktabda 20-yil qayta oʻqishga ham tayyorman deb oʻylaymiz.

Yaʼni maktab bizga yoshlikni eslatsa, oʻquvchilik davri esa kelgusi hayotimiz uchun tramplin boʻladi. Axir hozir harakat qilsa bas. Nimaiki niyat boʻlsa, hammasiga erishish mumkin. Bu oʻzimdan misol. Hozirgacha barcha maqsadlarimni barchasiga erishdim.

Yaqinda xabar oʻqidim. Yaponiyada bir inson million dollarini maktabga qoldirmoqchi boʻlibdi. Undan nega hamma boyligingni maktabga pul beryapsan deb soʻrashsa, “men kelajakka pul tikyapman”, debdi. Buni aytishimni sababi, investitsiyalarni qayerga tikish kerakligi haqida”, dedi aktyor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?