Shohimardonda Navroʻz sayli

Foto: Xalq so‘zi
Fotoreportaj
Fargʻona viloyatining purviqor togʻlari bagʻrida joylashgan Shohimardon va Yordon qishloqlari fusunkor tabiati, samimiy va mehmondoʻst odamlari bilan maʼlumu mashhur.
Viloyatning joriy yilgi ilk Navroʻz sayli aynan Shohimardondan boshlangani bejiz emas. Boisi, joriy yilda mazkur hududda keng koʻlamli bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Shunday qilib. Shohimardon markazidagi Istirohat bogʻida boshlangan ommaviy bayram saylida doshqozonlarda osh damlanib, Navroʻz dasturxonining shoh taomi – sumalak, koʻk somsa va shirinliklar tortildi.
Navroʻz sayli davomida «Temir daftar» va «Ayollar daftari» roʻyxatida turgan 20 nafarga yaqin xotin-qizlarga tikuv mashinalari taqdim etildi. Ehtiyojmand oilalardagi bemor bolalarning davolanish xarajatlari, oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning shartnoma pullarini toʻlab berish hamda imtiyozli kreditlar uchun sertifikatlar taqdim etildi. Hudud yoshlari boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun mavjud taʼlim muassasalariga musiqa cholgʻu asboblari, sport jihozlari topshirildi.
Darvoqe, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar ekildi, aholi uchun bepul tibbiy koʻrik oʻtkazildi.
Navroʻz sayli bahoriy taomlar koʻrgazmasi, hunarmandlar mahsulotlari namoyishlari, belbogʻli kurash boʻyicha viloyat chempionati, dorbozlar, polvonlar chiqishlariga ulanib ketdi. El ardogʻidagi sanʼatkorlar ishtirokida konsert dasturi koʻngillarga yanada xushnudlik baxsh etdi.
Botir MADIYOROV, «Xalq soʻzi».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring