Shinalar ichiga berkitilgan 5 ming quti tamaki fosh etildi

Farhod Esonov/“Xalq soʻzi”. Yuk mashinasining shinalari ichiga berkitilgan qiymati 129 mln. soʻmlik “Esse change” nomli sigaret mahsulotlari fosh etildi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, “Ayritom” chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtish uchun kirib kelgan fuqaro H.T boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Ushbu yuk avtotransport vositasining rentgen tasvirlari bojxona xodimlarida shubha uygʻotganligi sababli, chuqurlashtirilgan bojxona koʻrigidan oʻtkazildi. Natijada, avtotransport vositasining shinalari ichiga berkitilgan 5 ming quti qiymati 129 mln. soʻmlik “Esse change” nomli sigaret mahsulotlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
- Nodavlat oliy taʼlim muassasalari ustav fondini kamida 2 million AQSH dollari ekvivalentida shakllantirilishi shart – Vazirlar Mahkamasi qarori
- “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi
- Yetakchilar “Imorat” tarixiy-meʼmoriy majmuasiga bordi
- Xiva shahrida Birinchi Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumi muvaffaqiyatli yakunlandi
- “Liverpul” yulduzi Diogo Jota avtohalokatda vafot etdi. U yaqindagina oila qurgandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring