Shifokorlar va olimlar AQSHda Donald Tramp siyosatiga qarshi norozilik bildirishdi
Foto: Reuters
Shifokorlar, olimlar, talabalar va muhandislar oʻtgan hafta oxirida AQSHning turli shaharlarida prezident Donald Tramp maʼmuriyatining harakatlariga norozilik bildirish uchun miting oʻtkazdi.
Namoyishlar Nyu-York, Vashington, Boston, Chikago va Madison, Viskonsin shaharlarida federal fanni moliyalashtirishni qisqartirish va iqlim va sogʻliqni saqlash sohasidagi yuzlab tadqiqotchilarni ishdan boʻshatish harakatlariga javoban tashkil etilgan.
Olimlar grantlar toʻxtatilishi ilmiy dasturlarning va talabalarning doktoranturaga qabul qilinishi qisqarishiga olib kelishidan xavotir bildirishdi.
Namoyishchilar, shuningdek, vaksinaga qarshi taniqli faol Robert Kennedi Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish departamenti rahbari etib tayinlanganini ham tanqid qilishgan.
Koʻpgina tadqiqotchilar moliyalashtirishni qisqartirish va ilm-fanga qarshi siyosat tufayli aqlli odamlar mamlakatdan chiqib ketishidan xavotirda.
Baʼzi tadqiqotchilar chet elga koʻchib oʻtishni ham oʻylashmoqda.
“Men AQSHga xizmat qilishni xohlayman, ammo buning iloji boʻlmasa, barcha eshiklarni ochiq saqlashingiz kerak”, deydi akulalarni muhofaza qilish boʻyicha ekolog Chelsi Grey jurnalistlarga.
Olimning qoʻshimcha qilishicha, u iqlim boʻyicha tadqiqotlar olib borishi tufayli alohida xavf ostida boʻlgan federal idoralardan biri boʻlgan Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasida ishlashni orzu qilgan. U endi Irlandiya pasportini olish jarayonini boshladi.
Mutaxassislar avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp siyosati tufayli tibbiy tadqiqotlar inqirozi haqida ogohlantirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring