Shifokorlar shamollashni davolashdagi eng asosiy xatolar haqida maʼlumot berishdi

03:17 23 Noyabr 2021 Dunyo
614 0

Illyustrativ foto

Nemis shifokorlari kasal odamlarning shamollashdan tezda xalos boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan eng keng tarqalgan xatolarni sanab oʻtishdi. Bu haqda “Focus” jurnali batafsil maqola chop etildi.

Unga koʻra, xatolar roʻyxatida birinchi oʻrinda shamollashda burun uchun tomchi va spreylardan foydalanish keltirilgan. Ushbu mahsulotlar agar juda uzoq vaqt ishlatilsa, burun shilliq qavatiga zarar yetkazishi va hatto ularga oʻrganib qolishga olib kelishi mumkin.

Shu bois shifokorlar tomchi va spreylarni bir haftadan ortiq ishlatmaslikni maslahat berishmoqda. 

Shamollashni davolashdagi ikkinchi xatosi — bu haroratni dorilar bilan juda tez tushirishga harakat qilish. 

Shifokorlarga koʻra, haroratning oshishi immunitet tizimiga patogenlar bilan yaxshiroq kurashishga yordam berishini eslatib turadi. Yaʼni, haroratning oshishi zarur himoya reaksiyalarini tezlashtiradi. Agar shamollashda harorat bolalarda 38, kattalarda 38,5 darajadan oshmasa uni tushirish kerak emas ekan.

Uchinchi xato shamollash va isitma paytida ham koʻpchilik dam olishdan voz kechadi. Yaʼni, harorat tushiruvchi preparatlarni qabul qilgandan keyin tezda yengillik hissi paydo boʻladi va odam biror yumush bilan band boʻlish istaydi. Bunday paytda birinchi navbatda davolanishni yakunlash kerak. Va hech qanday holatda toʻliq tiklanmaguncha odatdagi sport yuklariga qaytmaslik kerak.

Nihoyat, shamollagan odamlarning toʻrtinchi xatosi issiq vanna qabul qilishi yoki saunaga borishidir. Ular shamollashni yengishga yordam bermaydi, faqat tananing termoregulyatsiyasini chalkashtiradi. Shu bois saunaga faqat shamollashning profilaktikasi uchun borish mumkin, kasallikdan davolanish uchun emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?