Shifokorlar koronavirusning kamdan-kam uchraydigan alomati haqida maʼlumot berishdi

00:20 14 Yanvar 2022 Dunyo
597 0

Foto: Depositphotos

COVID-19 bilan kasallangan baʼzi odamlarda konyunktivit rivojlanishi mumkin va kamdan-kam hollarda infeksiyalangan odamning koʻzlari yiringlashi mumkin. Bu haqda rossiyalik immunolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nikolay Kryuchkov aytib oʻtdi.

“Shilliq qavatning shikastlanishi, konyunktivit boʻlishi mumkin. Va buning fonida koʻzlar yiringlaydi. Ammo bu kamdan-kam hollarda boʻladi. Chunki yiring keng yalligʻlanish fonida bakterial flora qoʻshilishidan dalolat beradi”, deydi shifokor.

Rus immunolog-allergologi Vladimir Bolibok, oʻz navbatida, ayrim odamlarda koronavirusning organizmga taʼsiri tufayli koʻz kasalliklari paydo boʻlishi mumkinligini taʼkidladi. Uning aytishicha, bu alomat kamdan-kam uchraydi.

Bolibokning soʻzlariga koʻra, uni anʼanaviy yalligʻlanishga qarshi dorilar bilan davolash mumkin.

Avvalroq Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari koronavirusning yangi «Omikron» shtammi bilan kasallanish alomatlari nafas qisilishi, charchoq, shuningdek, diareya yoki qusish boʻlishi mumkinligini aytishgandi. Bu belgilarning barchasi odatda yuqori isitma, doimiy yoʻtal, hid yoki taʼmning yoʻqolishi yoki oʻzgarishi bilan birga keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?