Shifokor uyqudan oldin gadjetlardan foydalanish natijasida yuzaga keladigan kasalliklar haqida maʼlumot berdi

23:29 21 Sentyabr 2022 Dunyo
943 0

Illyustrativ foto

Yotishdan oldin smartfonlardan cheksiz foydalanish sogʻliq uchun bir qator salbiy oqibatlarga olib keladi. Xususan, oʻsmirlarda uyqusizlik va depressiyani qoʻzgʻatadi, deya ogohlantirdi rossiyalik endokrinolog Natalya Kirdyankina. Uning qoʻshimcha qilishicha, gadjetlardan ortiqcha foydalanish jismoniy va ruhiy salomatlikka taʼsir qiladi.

Koʻrishning xiralashishi, bilak yoki boʻyin ogʻrigʻi va bosh ogʻrigʻi smartfonni cheklanmagan holda ishlatish oqibatlaridan ayrimlari hisoblanadi. Bundan tashqari, baʼzi ruhiy yoki xatti-harakatlar bilan bogʻliq muammolarga olib kelishi mumkin. Masalan, notoʻgʻri reaksiyalar, maktabda yoki ishda qiyinchiliklar, real hayotda ijtimoiy oʻzaro taʼsirning pasayishi munosabatlarning buzilishi kabilar shular jumlasidandir.

“Muammo gadjetlarning displeylaridan koʻp miqdorda koʻk yorugʻlik chiqishi bilan bogʻliq. Bu holat kechqurun uyquga va sifatli tungi dam olishga yordam beradigan melatonin gormoni ishlab chiqarishni bostirishi mumkin. Shuning uchun, uxlashdan ikki-uch soat oldin gadjetlardan foydalanmaslik kerak”, deydi Natalya Kirdyankina.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер