Shifokor «Omikron» shtammining asosiy belgilari va eng xavfli jihati haqida maʼlumot berdi

22:37 20 Yanvar 2022 Dunyo
4655 0

Foto: РИА «Новости»

Terapevt, Xalqaro tibbiy klaster fondi (Rossiya) bosh direktori maslahatchisi Yaroslav Ashixmin koronavirusning «Omikron» shtammini qanday alomatlar bilan aniqlash mumkinligi haqida maʼlumot berdi.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, bu shtammning oʻziga xos belgilari yoʻq, ammo infeksiya bilan zararlanish belgilari mavjud. 

«Koʻp hollarda «Omikron» yengil kuzatiladi. Bu yengil zaiflik, titroq, isitma. Oshqozon-ichak traktining alomatlari boʻlishi mumkin, yaʼni diareya. Mushak ogʻrigʻi, yoʻtal, burun oqishi kamroq kuzatilishi mumkin», deydi Ashixmin.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, hatto vaksina olgan odamlarda ham qisqa muddatli isitma va bir necha soat yoki bir kun davom etishi mumkin boʻlgan titroq paydo boʻlishi mumkin. Tezda odam oʻzini tuzalib ketganini his qiladi. Ammo u boshqalar uchun kasallikni tashuvchi boʻlib qoladi. Ayni shu jihat ushbu shtammning eng xavfli jihati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер