SHHTning sport masalalari boʻyicha navbatdagi sammiti Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi

Joriy yilning 19-21-may kunlari Toshkent shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar jismoniy tarbiya va sport boʻyicha vazirlik va idoralar rahbarlarining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtadi.
Mazkur sammitda Oʻzbekiston, Rossiya, Hindiston Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Pokiston hamda Xitoy mamlakatlarining sport sohasi boʻyicha vazirlik, idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Yigʻilishda tashkilotga aʼzo mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish, jismoniy tarbiya va sport orqali doʻstona aloqalarni mustahkamlash, sportchilarni xalqaro musobaqalardagi munosib ishtiroki uchun ragʻbatlantirish, Olimpiya harakatini rivojlantirishdagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari keng miqyosda muhokama qilinadi.
Shuningdek, kelgusi yillarda boʻlib oʻtadigan sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish, ularni yuqori darajada tashkillashtirish boʻyicha bir qator masalalar yuzasidan muzokarlar boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ulugʻ olimning insoniy fazilatlari
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Namangan maftunkor bayramga tayyorlanmoqda
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- Suv xoʻjaligining quyi boʻgʻinlari takomillashtirilmoqda
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring